
APLda markaziy bahs “Uembli”da bo‘ladi yoxud "Tottenxem" bugun "Liverpul" bilan o‘ynaydi
Bugun Angliya premer-ligasining 5-turidan o‘rin olgan markaziy bahs bo‘lib o‘tadi.
Aniqrog‘i, bugun Londondagi muhtasham “Uembli” stadionida “Tottenxem” chempionlik uchun asosiy da’vogar sifatida ta’riflanayotgan “Liverpul”ni qabul qiladi.
Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:
“Tottenxem” – “Liverpul” qarama-qarshiligida shu kunga qadar jami 22ta penalti belgilangan. E’tiborlisi, APLda hech bir jamoalar to‘qnashuvida bu qadar ko‘p penalti berilmagan.
O‘tgan mavsum “Liverpul”ning “Tottenxem” darvozasiga kiritgan barcha uchchala goliga Muhammad Saloh mualliflik qilgan.
“Liverpul” darvozasiga kiritilgan so‘nggi 7ta golning barchasida Xarri Keyn ishtirok etgan.
“Liverpul” APLning ketma-ket 5ta o‘yinidan buyon g‘alaba qozonib kelmoqda. Ular o‘tgan 5ta bahsda o‘z darvozalaridan bor yo‘g‘i 1ta gol o‘tkazib yuborishdi holos.
“Tottenxem” va “Liverpul” jamoalari o‘rtasidagi so‘nggi 3ta bahs durang bilan yakunlangan.
"Tottenxem" – "Liverpul"
Stadion: "Uembli" (London)
Boshlanish vaqti: 16:30
Bosh hakam: Maykl Oliver
Taxminiy tarkiblar:
"Tottenxem": Vorm – Alderveyreld, Sanchez, Vertongen – Tripper, Eriksen, Dayer, Dembele, Devis – Moura, Keyn.
"Liverpul": Alisson – Aleksandr-Arnold, Van Deyk, Gomes, Robertson – Milner, Veynaldum, Keyta – Mane, Saloh, Firmino.
Fikrlar