
APLda so‘nggi 10 yilda ilk bor bir bo‘limda 4ta futbolchi almashtirildi
Ayni damda APLning 27-turi doirasida bo‘lib o‘tayotgan «Manchester Yunayted» – «Liverpul» (0:0) bahsida kamdan-kam uchraydigan holat yuz berdi.
MYu safida Ander Errera, Xuan Mata hamda Jessi Lingard, «Liverpul» safida esa Roberto Firmino jarohat olib maydonni tark etdi. Natijada murabbiylar esa ushbu futbolchilar o‘rniga majburiy o‘zgarishlarni amalga oshirishdi.
E’tiborlisi, bunday holat APLda so‘nggi 10 yilda ilk sodir bo‘ldi. Aniqrog‘i, bir bo‘limda 4ta o‘zgarish so‘nggi bor 2009 yilda «Uigan» va «Fulxem» jamoalari o‘rtasidagi bahsda sodir bo‘lgan edi.
Fikrlar