
APLni tark etgan ikkinchi jamoa nomi ma’lum bo‘ldi
Hozirgina Angliya Premer-ligasi 37-turidan o‘rin olgan “Stok Siti” hamda “Kristal Pelas” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.
Stok-on Trent shahridagi “Britaniya-Stedium”da kechgan qarama-qarshilikda “burgutlar” 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Bugungi mag‘lubiyatdan so‘ng “Stok Siti” APLni tark etishi ma`lum bo‘ldi. Bunga qadar esa “Vest Bromvich” ham kelgusi mavsumni Chempionshipda o‘tkazishi aniq bo‘ldi.
Angliya Premer-ligasi. 37-tur
Stok Siti – Kristal Pelas 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 43 Shakiri, 1:1 – 68 Makartur, 1:2 – 86 van Anxolt.
Stok Siti – Batlend, Zuma, Shoukross, Piters, Bauer, Shakiri, Allen, Ndiaye, Djonson (Kempbell, 77), Diuf, Krauch (Sobxi, 67).
Kristal Pelas – Xennessi, Tomkins, van Anxolt, Uord (Kelli, 40), Sako, Zaa, Makartur, Taunsend (Shlupp, 88), Kabay (Benteke, 63), Loftus-Chik, Milivoevich.
Ogohlantirishlar: Milivoevich (54), Bauer (63), Tomkins (64), Djonson (64), Ndiaye (81), Piters (85), Shakiri (89).
Fikrlar