
APLni tark etgan uchinchi jamoa nomi ham ma’lum bo‘ldi
Bundan bir necha daqiqalar oldin Angliya premer-ligasining so‘nggi 38-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga etdi.
Mavsumning so‘nggi turida bir oyog‘i bilan Chempionshipda turgan “Suonsi” o‘z maydonida allaqachon quyi divizionga tushishi aniq bo‘lib ulgurgan “Stok Siti”ga (1:2) imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa uelsliklar 33 ochko bilan jadvalning 18-pog‘onasida qolib ketishdi va yangi mavsumni Chempionshipda boshlaydigan bo‘lishdi. Eslatib o‘tish lozimki, “Suonsi”dan tashqari shuningdek “Stok Siti” hamda “Vest Bromvich” jamoalari ham kuchlilar safini tark etishdi.
Fikrlar