
APLning eng yaxshi hakamlaridan biri Rossiyadagi o‘yinni boshqaradigan bo‘ldi
UEFA Evropa ligasi 1/16 final bosqich javob bahsidan o‘rin olgan “Zenit” hamda “Fenerbahche” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni boshqarib boradigan hakamlar nomini e’lon qildi.
Unga ko‘ra Sankt-Peterburgda kechadigan uchrashuvni angliyalik referi Maykl Oliver boshqarib boradi. Shu kuni unga Styuart Bert, Saymon Bennett, Kristofer Kavana va Andre Marrinerlar yordam berishadi. Zaxira hakami sifatid esa Ian Xussin faoliyat olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, "Zenit" - "Fenerbaxche" o‘yini 21 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:55da boshlanadi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi ilk uchrashuv esa 1:0 hisobida turk klubining g‘alabasi bilan yakunlangan edi.
Fikrlar