
APLning ilk turida jangovor durang (video)
Kecha Angliya Premer-ligasida 1-tur o‘yinlari davom ettirildi. Yozgi transfer oynasida faol tarzda qatnashgan "Everton" klubi quyi ligadan chiqqan "Vulverxempton" mehmoni bo‘ldi.
"Moline" stadionida kechgan bellashuv jangovar durang (2:2) natija bilan nihoyasiga etdi. "Irislar" safida Risharlison dubl qayd etgan bo‘lsa, mezbonlar safida bunga Ruben Nevesh hamda Raul Ximeneslar javob qaytarishdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan barcha gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar