
“Abadiy omadsiz” futbolchi o‘z odatiga sodiq qoldi
Kecha Uels poytaxti Kardiff shahridagi “Millenium” stadionida Evropa Chempionlar ligasi finali bo‘lib o‘tdi. Madridning “Real” klubi Turinning “Yuventus” klubi ustidan 4:1hisobida ustun keldi.
E’tiborlisi, “Yuventus” hujumchisi Gonsalo Iguain uchun kechagi finaldagi mag‘lubiyat ketma-ket katta finallardagi to‘rtinchi mag‘lubiyat sifatida tarixda qoldi.
Iguain bungacha, JCh-2014, 2015 va 2016 yillarda o‘tgan Amerika kubogi finallarida ham Argentina termasi safida mag‘lubiyatga uchragan edi.
Qayd etish joiz, Gonsalo bu o‘yinlarda biror marta gol kiritishning uddasidan chiqa bilmagan.
Fikrlar