Abror Tursunpo‘latov: Kovalev yaxshi tayyorgarlik ko‘rsa, har qanday raqibni mag‘lub qiladi

  • 28 fevral, 2018, 17:00
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Rossiyalik bokschining murabbiyi Igor Mixalkinga qarshi jangga tayyorgarlik haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Yarim og‘ir vazn toifasida WBO versiyasi bo‘yicha jahon chempioni Sergey Kovalev ustozi Abror Tursunpo‘latov shogirdining navbatdagi raqibi Igor Mixalkinni Vyacheslav Shabranskiyga qaraganda mahoratliroq deb hisoblamoqda. Eslatib o‘tamiz, Kovalev oldingi jangida Shabranskiyning ikkinchi raundda nokautga uchratgan edi.

– Sergeyning Shabranskiy bilan bo‘lgan jangidan ko‘ngliz to‘ldimi?

– Biz jangga 100 % tayyor emasdik. Sergey biroz dam oldi. Bu gal u yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rdi, ammo u mening ko‘rsatmalarimni bajardi. Men undan tempni oshirishni so‘rayman. Bu gal buni orqaga surmaslikni so‘radim: “Shoshmasdan o‘z ishingni bajar. Oldin biroz pastga tush, keyin erish”. Ikkinchi raundda Serega hotirjam bo‘ldi. Ishladi va yana bir marta tushdi hamda faqat men tempni oshirishni boshladim. Bu meni juda xursand qildi. Agar meni eshita olmagan bo‘lsa, o‘zi bilganicha ish qiladi.

– Biz yaqinda siz bilan jang haqida gaplashgan edik. O‘shanda bu jang Sergeyga qaraganda o‘zingizga muhimroq ekanini aytgandingiz. Bu sizning birinchi titul jangingiz bo‘ldi. G‘alabadan keyin taassurotlar qanday bo‘ldi?

– To‘g‘risi, buni so‘z bilan izohlab berolmayman. Xursandchilikdan ringda yugurganman. Oldin umuman bunaqa qilmaganman. Bunday vaziyat boshqa bo‘lmaydi. Menga bu g‘alaba juda kerak edi, xursandchilikning cheki yo‘q edi.

– Kovalevning bu jangida ko‘proq xursand bo‘lganmisiz yoki Fazliddin G‘oiybnazarovning Olimpiadadagi g‘alabasidami?

– O‘shanda hissiyotlar bundanda kuchli edi. Havaskorlar bokschida hakamlik qay darajada ekanligini siz ham yaxshi tushunasiz. Fazliddinning qo‘li ko‘tarilganda baxtli bo‘lganman. Bu erda hissiyotlar juda o‘xshash. Ammo keyingi kun o‘zimga keldim. Olimpiadadagi g‘alabani men 2-3 marta nishonlaganman. Shunchalik xursand bo‘lganimdan bu g‘alabani keyinroq qabul qilgan. Oldinda esa yanada muhim janglar borligini tushunganman. Har qanday holatda bu men uchun katta tajriba. Men murabbiy sifatida o‘zimga bo‘lgan ishonchni oshirdi.

– Hozir Kovalev qanchalik darajada o‘zgardi? Nimalarni o‘zgarishga erishdi?

– Bizning ish uslubimiz bor. Ammo biz barchasini jang natijasiga qarab baholaymiz. Raqibimiz – chap qo‘l, biroq sparring o‘ng qo‘l jangchilar bilan sparring o‘tkazdik. Ishoning, agar Serega yaxshi tayyorgarlik ko‘rsa, u har qanday diviziondagi raqibni yuta oladi. Umuman olganda o‘zgarishlar bo‘ladi deb o‘ylayman. U oldingiga qaraganda yanada yaxshiroq o‘zgarishni boshladi. Boshqa o‘zgarishlar ham bo‘ladi. Men uning tinmay harakat qilayotganini ko‘ryapman. Qaerdadir to‘xtash kerak bo‘lsa, mashg‘ulotlarni tamomlaydi. Hattoki, buni davom ettirishni istasa ham.

– Rossiyada hech kim Mixalkinga birorta ham imkoniyat bermaydi. Bizningcha, u Shabranskiydan kuchliroq? Uni qanday baholaysiz?

– Men uni kuchsiz bokschi demayman. Uning janglarini ko‘rdim. Igor sobiq Ittifoq boks maktabi tarbiyalanuvchisi. U to‘g‘ri harakat qilmoqda. Men har doim oyoq va qo‘l ishiga e’tibor qilaman. Iqtidorli. U Shabranskiydan kuchliroq. Vyacheslavda kuchliroq zarba bor, biroq Mixalkin texnik bokschi.

– Agar Mixalkin bilan jang yaxshi o‘tadigan bo‘lsa, Kovalev keyingi jangini boshqa jahon chempioni bilan o‘tkazishi mumkinmi?

– Albatta, bizning bunday rejalarimiz yo‘q emas. Ammo barchasi qanday o‘tishi borasida hech nima deya olmayman. Jangdan so‘ng bo‘lishi mumkin. Umuman olganda meni Andre Uord bilan jang qiziqtiradi. Bu jangni juda xohlayman. Uordning shug‘ullanayotganini va tez orada ringga qaytishga tayyor bo‘lishini bilaman. O‘ylaymanki, biz u bilan shu yil oxirida yoki kelasi yil boshida uchrashamiz.

– Anderkart jangida Dmitriy Bivol va Sallivan Barrera uchrashadi. Bu jang ham sizni qiziqtaradimi?

– Ha, albatta. Men Barrerani yaxshi bilaman. Bivolning ikkita jangini ko‘rganman. Bu to‘qnashuvni biz albatta, ko‘ramiz, biroq bu erda yaqqol favorit bor deb o‘ylamayman. Barrera – juda yaxshi bokschi. Ko‘pchilik Bivolga oson bo‘ladi deb o‘ylamoqda, ammo bunday fikrda emasman.

Manba: www.sovsport.ru

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!