Afonin 90 daqiqa o‘ynagan o‘yinda "Orenburg" safarda "Anji"ni engdi (video)

  • 18 avgust, 2018, 09:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Avval xabar berganimizdek kecha Rossiya premer-ligasining 4-turiga start berildi. Jumladan, shu kuni hamyurtimiz Vadim Afonin to‘p surayotgan "Orenburg" safarda boshqa bir futbolchimiz Dostonbek Hamdamov o‘ynaydigan "Anji" mehmoni bo‘ldi. 

Gollarga boy kechgan uchrashuvda orenburgliklar 3:1 hisobida ustun kelishdi. Afonin esa doimgidek 90 daqiqa maydonda harakat qildi. Eslatib o‘tish lozimki, maxachkalaliklar safidagi hamyurtimiz ayni damda terma jamoamiz safida Osiyo o‘yinlarida ishtirok etmoqda.

E’tiborlisi, "Orenburg" ushbu g‘alabadan so‘ng hozircha musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan barcha gollarni tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!