Afoninning yangi jamoasi nomi ma’lum bo‘ldi

  • 11 yanvar, 2018, 18:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundan biroz oldin hamyurtimiz Vadim Afonin Maxachqalaning “Anji” klubi bilan shartnomasini bekor qilgani borasida xabar bergan edik.

Tecno

Hamyurtimiz faoliyatini qaerda davom ettirishi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, Afonin “Orenburg” futbolchisiga aylandi.

Klub rasmiy saytida yozilishicha, Afonin jamoaning Turkiyada bo‘ladigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etadi.

Hamyurtimiz “Orenburg” bilan necha yillik shartnoma imzolagani ma’lum qilinmadi.

Qayd etish joiz, 30 yoshli Afonin 2014-2017 yillarda ham "Orenburg" safida to‘p surgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!