
Afoninning jamoasi Moskvada mag‘lub bo‘ldi
Bugun Rossiya Premer-Ligasida 20-tur o‘yinlari davom ettirildi. Hamyurtimiz Vadim Afonin to‘p suradigan “Anji” jamoasi safarda Moskvaning “Dinamo” jamoasi bilan kuch sinashdi.
Moskvadagi “Ximki-Arena” stadionida kechgan qarama-qarshilikda moskvaliklar 2:0 hisodida g‘alabaga erishdi. Afonin o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 59-daqiqada zahiraga olindi.
Rossiya Premer-Ligasi. 20-tur
Dinamo – Anji 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 8 Tashaev, 2:0 – 60 Lutsenko.
Dinamo – Shunin, Tsallagov, Shunich, Rykov (Kozlov, 32), Temnikov (Sosnin, 79), Tashaev (Obolskiy, 90), Sou, Xolmen, Morozov, Lutsenko, Bechiray.
Anji – Loriya, Tetrashvili, Armash, Poluyaxtov, Bryzgalov, Bakaev, Afonin (Xubulov, 59), Danchenko, Markelov, Leskano (Prudnikov, 65), Ivanchenko (Yakovlev, 46).
Fikrlar