Agent: Men hech qachon Iguainni 90 mlnga olmagan bo‘lar edim

  • 3 iyun, 2017, 08:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mashhur futbol agenti Miro Rayola “Yuventus” Gonsalo Iguain uchun “Napoli”ga 90 mln evro to‘lab, adashmaganini aytib o‘tdi.

Tecno

Men hech qachon Iguainni buncha pulga olmagan bo‘lar edim. Ammo yakunda “Yuventus” haq bo‘lib chiqdi.

Iguainning gollari “Yuve”ga ketma-ket oltinchi chempionlik, ketma-ket uchinchi Italiya kubogi va uch yilda ikkinchi bor Chempionlar ligasi finaliga olib chiqdi.

“Bu transfer bilan “Napoli” ham kuchsizlandi. Ular ajoyib o‘yin namoyish etishdi. Ammo Iguain jamoada qolganida neapolliklar chempionatni nechanchi o‘rinda tugatishgan bo‘lar edi?” – deb Rayolaning so‘zlarini keltirdi Corriere dello Sport.

Ma’lumot uchun, Iguain yakunlangan mavsumda “Yuventus” safida jami 53 ta o‘yinda ishtirok etdi va 32 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!