Agentlar Radamel Falkaoni "Real"ga taklif qilishmoqda

  • 17 noyabr, 2018, 16:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kolumbiya terma jamoasi va “Monako” hujumchisi Radamel Falkao frantsuz klubidan ketish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. 33 yoshli futbolchining vakillari bir necha kun muqaddam uning xizmatlarini Madrid “Real”ga taklif qilgan, deya xabar beradi Marca nashri.

Tecno

Manbada yozilishicha, “Real” rahbariyati klubning hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirgan, biroq jamoa tarkibga yosh futbolchilarni olib kelishni ma’qul ko‘rmoqda. “Qaymoqranglilar” Falkao jamoaga olib kelish taklifni o‘rganib chiqishga rozi bo‘lgan, ammo madridliklar boshqa futbolchilar bo‘yicha javoblarni kutmoqda.

Falkao “Monako” bilan 2017 yil yozida yangi shartnoma imzolagan. Uning ushbu kelishuvi bir yarim yildan keyin yakuniga etadi. Bu mavsum u Frantsiya chempionatida 11 o‘yinda 4 gol va 1 golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!