Agneshka Radvanska jarohat sabab faoliyatini yakunlashi mumkin

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Polshalik Agneshka Radvanska oyog‘ining kaft qismidan olgan jarohati bois sportchilik faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

"Hozircha hech narsa ayta olmayman. Men anchadan buyon mashg‘ulot qilmay qo‘ydim, doimo shifokorlar nazoratidaman. Biroq ahvol og‘irlashmoqda.

Menning holatimda jarrohlik amaliyoti foyda bermaydi. Men oyoq kiyimlarsiz ham og‘riq sezmoqdaman. Chap oyog‘imning kafti shishib ketmoqda. Kuchli og‘riq tark etmayapti, hattoki ukol va og‘riq qoldiruvchi dorilar foyda bermayapdi.

Men kuchli mutahassistlar bilan ishlasam-da, tanam tuzalishni istamayapti. Shu sababli ham kortga qaytishim qiyinlashmoqda. Tennisga qaytganim bilan avvalgidek, yuqori o‘yin ko‘rsata olmayman. Hozirni yosh tennischilar juda ham kuchli", – deydi Agneshka.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!