Ahmedovning jamoasi "Vest Xem" hujumchisi uchun 45 mln funt taklif qilmoqda

  • 15 yanvar, 2019, 21:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xitoyning “Shanxay SIPG” klubi “Vest Xem” forvardi Marko Arnautovichga jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan edik.

Tecno

Times nashri tarqatgan xabarga qaraganda shanxayliklar 29 yoshli avstriyalik futbolchi uchun London klubiga 45 mln funt to‘lashga tayyor. Qolaversa, Arnautovichning o‘zi ham ushbu transferga qiziqish bildirmoqda. Boisi, agar u “Shanxay SIPG”ga o‘tsa, uning haftalik maoshi 300 ming funtni tashkil etishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Vest Xem” bu borada Xitoy klubining 35 mln funtlik taklifini rad etgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, “Shanxay SIPG”da hamyurtimiz Odil Ahmedov to‘p suradi. Klubda shuningdek braziliyalik ikki yulduz – Oskar va Xalk ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!