Ahmedovning sobiq jamoadoshi qishda "Napoli"ga o‘tishi mumkin

  • 27 noyabr, 2017, 13:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiyaning “Krasnodar” klubi hujumchisi Fyodor Smolov “Napoli” klubining qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Tecno

Calciomercato nashrining xabar berishicha neapolliklar qishki transferlar davrida 27 yoshli Rossiya terma jamoasi a’zosini sotib olishi mumkin. Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra Smolov “Napoli”ning 4-3-3 taktikasiga mos kelgani uchun ham uni sotib olishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz Odil Ahmedovning “Krasnodar”dagi sobiq jamoadoshining rus klubi bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilga qadar imzolangan. Uning ayni damdagi transfer bahosi esa 20-25 mln evro atrofida baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Smolov “Krasnodar” sharafini 2015 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsum Rossiya premer-ligasida jami 12ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 9ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!