Akademik eshkak eshish. Samarqandda O‘zbekiston Kubogining birinchi bosqichi yakunlandi

CHERY AUTO

 

Tecno

27-30 aprel kunlari Samarqand shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston kubogining birinchi bosqich bahslari bo‘lib o‘tdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Andijon, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shaharlaridan tashrif buyurgan 225 nafar sportchi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra Zafar Usmonov/Shohjahon Najmiev (M2- 2000m), Dostonjon Baxriev (M4), Bekzod Xolmirzaev (M4X), Shaxboz Abdujabborov/Abdullo Muhammadiev (M2x), Islambek Mambetnazarov (M8+)lar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

Ushbu turnir sportchilarimiz uchun Osiyo o‘yinlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlikning navbatdagi bosqich vazifasini bajarib berdi. Murabbiy va sportchilar mazkur turnirdagi natijalarga qarab o‘zlarining navbatdagi rejalarini tuzib oladilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!