Mbappe Vinisius bilan mojaro tufayli “Real”dan ketadi
Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe jamoadagi bir necha sheriklarining xatti-harakatlaridan norozi, deb xabar beradi jurnalist Fransua Gallardo ijtimoiy tarmoqlarda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, avvalo, Mbappe va Vinisius o‘rtasidagi ziddiyat keskinlashgan. Bu haqida ispan ommaviy axborot vositalari noyabr oyida ham xabar bergan edi. Shu bilan birga, Mbappe jamoadoshlari tomonidan qo‘llab-quvvatlashni his qilmayapti.
Futbol ekspertlarining ta'kidlashicha, Kilian Mbappening ishlarini yuritayotgan onasi Fayza Lamari “Real” rahbariyatiga yo o‘g‘lini, yoki Vinisius Juniornni tanlash talabini qo‘yishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda 27 yoshli Mbappe “Real” safida 41 ta o‘yin o‘tkazib, 41 ta gol urdi. U La Liga va Chempionlar ligasida jamoaning eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. Shunga qaramay, “Real” joriy mavsumni nufuzli sovrinlarsiz yakunlashi aniq bo‘lib ulgirdi.

Fikrlar