Akinfeev EChLda ketma-ket 40-uchrashuvda o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yubordi

  • 13 sentabr, 2017, 11:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Benfika” klubi hujumchisi Xaris Seferovich kecha bo‘lib o‘tgan UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi ilk turida TsSKA darvozasiga to‘p kiritdi.

Tecno

Bu esa “armiyachilar” darvozaboni Igor Akinfeevni EChLda ketma-ket 40ta uchrashuvda o‘z darvozasidan to‘p olib chiqishiga majbur qildi.

Qayd etish lozimki, Rossiya terma jamoasi darvozaboni bu borada “etakchi”likni qo‘lga olganiga ancha bo‘lgan. Aniqrog‘i, u bundan 4 mavsum avval Plzenning “Viktoriya” (3:2) klubiga qarshi bahsda o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yuborgan va bu uning uchun ketma-ket 17-uchrashuvdagi gol bo‘lgan.

Ta’kidlash kerakki, Akinfeevdan keyingi o‘rinlarni PSV darvozaboni Ronald Vaterres (16ta), “Panatinaikos” va “Olimpiakos” klublari sobiq darvozaboni Antonis Nikopolidis (15ta)  va “Nyukasl” darvozasini qo‘riqlagan Shey Givenlar (14ta) egallab turishibdi.

Eslatib o‘tamiz, Akinfeev Chempionlar ligasida so‘nggi bor 2006 yil “Arsenal”ga qarshi kechgan bahsda o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qola olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!