Alba Luis Enrikening yangi taktikasidan norozi

  • 22 mart, 2017, 09:02
  • 0
  • Futbol

 

“Barselona” jamoasi himoyachisi Xordi Alba bosh murabbiy Luis Enrikening yangi tanlagan 3-4-3 sxemali taktikasidan norozi ekanini aytdi.

Ushbu taktikaga ko‘ra Jerar Pike, Xaver Maskerano va Samuel Yumtiti asosiy tarkibda o‘ynamoqda, Alba va Luka Din esa zaxirada qolib ketmoqda.

“Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi menga to‘liq ishonadi va bundan mamnunman. Hozirgi vaqtda “Barselona”da bunday imkoniyatga ega emasman. Asosiy tarkibda o‘ynaganimda, murabbiyga e’tiroz bo‘lmagan.

Hozir ham e’tiroz bildirish niyatim yo‘q, chunki bu murabbiy qarori. Ammo so‘nggi yillarda asosiy tarkibda o‘ynab, muhim rollarda ko‘ringanman”, – dedi ispaniyalik himoyachi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!