Alba o‘z rekordini yangiladi

  • 31.01.2019 10:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Jordi Alba kecha “Sevilya”ga (6:1) qarshi Ispaniya kubogi chorak final javob bahsida jamoasining 2ta goliga assistentlik qilishga erishdi.

Tecno

E’tiborlisi, 29 yoshli ispaniyalik futbolchi shu tariqa mavsumdagi amalga oshirgan golli uzatmalari sonini 12taga etkazib oldi va bu borada o‘zining shaxsiy rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi. Aniqrog‘i, u bungacha bir mavsumda bu qadar ko‘p golli uzatmani amalga oshirmagan edi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Barselona” Albaga yangi shartnoma taklif qilishi haqida xabar berilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!