Albina raqibasini ayamadi
Saralash turnirida qatnashgan hamyurtimiz Albina Xabibulina rossiyalik Karina Sarkisovani 6:3, 6:3 hisobida engib, asosiy to‘r bahslariga qo‘shildi. Endi hamyurtimiz bosh sovrin uchun kurashni frantsiyalik Karolin Romeoga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.
Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi musobaqalari taqvimiga kiruvchi ayollar o‘rtasidagi turnirda asosiy to‘rga chiqqan tennischilar nomi aniqlandi.

Shuningdek, musobaqaning birinchi davrasida Kamola Umarova qozog‘istonlik Go‘zal Ayniddinova bilan kuch sinashsa, Arina Folts avstriyalik Pia Konigga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar