
Alisson: APLdagi quruq seriya - bu yolg‘iz mening xizmatlarim emas
Mavsumlar oralig‘ida “Liverpul”ga kelib qo‘shilgan braziliyalik posbon Alisson APLning ilk 3ta turida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgani haqida gapirib o‘tdi.
“Men har bir o‘yinda o‘zimni maksimal darajada ko‘rsatishga harakat qilaman. Biz juda kuchli tayyorgarlik ko‘ramiz. Bu natijalar tinimsiz mashg‘ulotlarning samarasidir. Albatta jamoaning so‘nggi natijalariga o‘z hissamni qo‘shdim. Lekin, quruq seriyalar bu faqatgina mening xizmatlarim emas”, - deydi Alisson.
Fikrlar