Alisson "Liverpul"da muvaffaqiyatli tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va shartnoma imzoladi
Angliyaning “Liverpul” klubi “Roma” darvozaboni Alisson Beker bilan shartnoma imzoladi. Mersisaydliklar tez orada bu haqda rasman e’lon qilishadi.
Sky Sport hamda The Guardian nashrlari muhbiri Fabritsio Romano tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli braziliyalik posbon “Liverpul”da muvaffaqiyatli tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va shartnoma imzolagan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Liverpul” Alisson uchun “Roma”ga 66,8 mln funt to‘lashi va shu tariqa u dunyodagi eng qimmat darvozabonga aylanishi haqida xabarlar tarqalgan edi.



Fikrlar