
Alisson “Liverpul”da qachon debyut qilishi ma’lum bo‘ldi
“Liverpul” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoaning yangi ustozi Alisson Beker qachon maydonga tushishi haqida aytib o‘tdi.
“Alisson og‘ir mavsumni o‘tkazdi. U Braziliya terma jamoasi bilan jahon chempionatida ham ishtirok etdi. Shuning uchun men unga dam berdim. O‘ylaymanki u Dublinda bo‘ladigan “Napoli”ga qarshi bahsda ishtirok etadi”, - deydi germaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” Alissonni “Roma”dan 62,5 mln evro evaziga bundan bir necha kun avval xarid qilgan edi.
Ma’lumot uchun, "Liverpul" - "Napoli" uchrashuvi 4 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar