Allegri o‘yin yakunlanishini kutmay kiyinish xonasiga kirib ketgan Dibaladan alamini oldi

  • 09.02.2019 13:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Paulo Dibala va bosh murabbiy Massimiliano Allegri mashg‘ulotlarning birida o‘zaro aytishib ketishdi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Aytish lozimki argentinalik futbolchi A Seriyaning o‘tgan turida “Parma”ga (3:3) qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushmadi va shu sababli o‘yin tugamasdan avval kiyinish xonasiga chiqib ketdi. Bu esa Allegriga yoqmadi va shu sababli Dibalani jamoadoshlari oldida uyaltirdi. Natijada Dibala ushbu holat uchun sheriklaridan uzr so‘radi, ammo uning murabbiy bilan munosabatlari keskinligicha qoldi.

Ma’lumot uchun, Dibala joriy mavsum 19ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!