Allergi A Seriyaning boshqa bir jamoasini boshqarishi mumkin

  • 01.03.2019 19:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri faoliyatini qaerda davom ettirishi borasida yana bir mish-mish paydo bo‘ldi.

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 51 yoshli italiyalik mutaxassisning yangi ish joyi "Inter" klubi bo‘lishi mumkin. Ta’kidlash kerakki, "neradzurrilar" rahbariyati anchadan buyon Luchano Spallettini iste’foga chiqarish haqida o‘ylashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Allegri “Yuventus”ni 2014 yildan buyon boshqarib kelmoqda. “Keksa sinora” uning boshqaruvida qatorasiga 4 marta A Seriya va Italiya kubogi g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Shuningdek ikki marta Italiya Superkubogiga ega chiqdi va ikki marta Chempionlar ligasi finaliga chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!