Alvares Golovkin bilan uchinchi marta uchrashishga tayyor

  • 16 sentabr, 2018, 19:15
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

O‘rta vazn toifasida WBC, WBA, IBO va The Ring jurnali chempioni Saul Alvares Gennadiy Golovkin ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, qozog‘istonlik bokschi bilan uchinchi marta uchrashishga ham tayyorligi ma’lum qilgan.

Agar Golovkin jamoasi uchinchi jangni xohlayotgan bo‘lsa, biz buni yana tashkillashtiramiz. Hozir oilam va jamoam bilan shunchaki xursandchilik qilishni istayman, ammo ular yana uchrashishni istasa, muammosiz, – deya Alvaresning so‘zlarini keltiradi BoxingScene nashri.

Eslatib o‘tamiz, Golovkin va Alvares o‘rtasidagi birinchi to‘qnashuv durang bilan yakunlangan bo‘lsa, ikkinchi jangda hakamlar meksikalik bokschining g‘alabasini qayd etishdi. 114-114, 115-113, 115-113.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!