Ana xolos! Kelganiga 19 kun bo‘lgan Reyna "Milan"ni tark etishi mumkin

  • 21.07.2018 13:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Milan" bilan shartnoma imzolaganiga endigina 19 kun bo‘lgan ispaniyalik darvozabon Pepe Reyna jamoadan ketishi mumkin.

Salciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra tajribali posbon Londonning “Chelsi” klubiga o‘tib ketishi mumkin. Boisi, uning xizmatlariga shaxsan “aristokratlar”ning yangi ustozi Mauritsio Sarri jiddiy qiziqish bildirmoqda. 52 yoshli mutaxassis 2015-2018 yillarda “Napoli”da birga faoliyat olib borgan Reynani yangi jamoasida ham ko‘rmoqchi.

Ma’lumotlarga ko‘ra ushbu transfer “Chelsi”ga taxminan 3 mln evroga tushishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Reyna “Milan” safiga “Napoli” bilan shartnomasi tugagach erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!