Ana xolos: “Lokomotiv”ning bu galgi o‘yiniga mingdan ortiq muxlis keldi, eng ko‘p tomoshabin esa Samarqandda!

  • 15.10.2017 09:35
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, 13-14 oktyabr kunlari oliy liga 24-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Ikki kun davom etgan bahslarning batafsil natijalari bilan saytimiz orqali tanishib olgansiz.

Endi esa SPORTS.uz sayti har doimgidek e’tiboringizga ushbu tur bellashuvlariga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishtirib o‘tadi.

23-tur uchrashuvlarida stadionlarimizga jami 17945 tomoshabin tashrif buyurdi. Bu o‘rtacha bir o‘yinga 2563.6 muxlis keldi degani. Eng ko‘p ishqiboz bo‘yicha ko‘rsatgich Samarqanddagi "Dinamo" – "Olmaliq" bahsiga to‘g‘ri keldi - 4807. Bu turning eng ko‘p tomoshabin tashrif buyurgan bellashuvi hisoblanadi. 24-turning markaziy o‘yini “Lokomotiv” – “ Navbahor” qarama-qarshiligini 1955 muxlis shohidi bo‘ldi. 

Eng kam muxlis borasidagi statistika bu gal “Metallurg” klubiga tegishli. “Metallurg” – “Bunyodkor” bellashuvini 1235 ishqiboz stadiondan kuzatdi.

Quyida ushbu tur tomoshabinlar eng ko‘p kuzatgan o‘yinlar ketma-ketligi bilan tanishishingiz mumkin:

«Dinamo» (Samarqand) – «Olmaliq» (Olmaliq) – 1:0. 4807 tomoshabin.

“Paxtakor” (Toshkent) – “Qo‘qon-1912” (Qo‘qon) – 2:0. 4250 tomoshabin.

“Sho‘rtan” (G‘uzor) – “Buxoro” (Buxoro) – 2:3. 2217 tomoshabin.

«Neftchi» (Farg‘ona) – «Nasaf» (Qarshi) – 0:3. 2103 tomoshabin.

«Lokomotiv» (Toshkent) – «Navbaxor» (Namangan) – 2:0. 1955 tomoshabin.

«Mash’al» (Muborak) – «So‘g‘diyona» (Jizzax) – 0:0. 1378 tomoshabin.

“Metallurg” (Bekobod) – “Bunyodkor” (Toshkent) – 1:1. 1235 tomoshabin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!