Ana xolos! "Zenit" qamoqda o‘tirgan futbolchisini Evropa ligasi qaydnomasiga kiritdi

  • 2 fevral, 2019, 13:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi bosh murabbiyi Sergey Semak Evropa ligasining pley-off bosqichi uchun jamoa qaydnomasini e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra jamoa safiga yangi kelib qo‘shilgan Yaroslav Rakitskiy, Vilmar Barrios va Sardor Azmun kabi futbolchilar ro‘yxatdan joy olishgan. E’tiborlisi, Semak ayni damda qamoqda bo‘lgan hujumchi Aleksandr Kokorinni ham ushbu qaydnomaga kiritdi.

Darvozabonlar: Mixail Kerjakov, Andrey Lunyov;

Himoyachilar: Aleksandr Anyukov, Denis Terentev, Branislav Ivanovich, Luish Netu, Elmir Nabiullin, Igor Smolnikov, Emanuel Mammana, Yaroslav Rakitskiy;

Yarim himoyachilar: Matias Kranevitter, Klaudio Markizio, Daler Kuzyaev, Oleg Shatov, Aleksandr Eroxin, Vilmar Barrios, Magomed Ozdoev, Ernani;

Hujumchilar: Sardor Azmun, Aleksandr Kokorin, Sebastyan Driussi, Robert Mak, Artyom Dzyuba, Anton Zabolotniy.

Bular evaziga Mixail Mevlya, Kristian Noboa, Yuriy Jirkov va Emiliano Rigoni kabi futbolchilar qaydnomadan chiqarilishdi.

Eslatib o‘tamiz, Kokorin “Krasnodar” futbolchisi Mamaev bilan birga jinoyatga qo‘l urgani uchun qamoqda saqlanishmoqda. Ayni damda ularning jinoyati bo‘yicha tergov ishlari davom ettirilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!