Anchelotti "Napoli" rahbariyatidan nimani talab qilmoqda?

  • 19 noyabr, 2018, 20:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning "Napoli" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa rahbariyati oldiga o‘z shartini qo‘ydi.

Tecno

Todomercadoweb nashri tarqatgan xabarga ko‘ra italiyalik mashhur mutaxassis neapolliklar rahbariyatidan jamoa vingeri Xose Kalexon bilan tezroq amaldagi shartnomani uzaytirishni talab qilmoqda. Qayd etish lozimki, 31 yoshli ispaniyalik futbolchining “Napoli” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan, biroq tomonlar hozircha buni uzaytirish borasida o‘zaro kelishuvga erisha olishmayapti.

Anchelottining so‘zlariga ko‘ra Kalexon “Napoli”ning eng muhim futbolchilaridan biri hisoblanadi va shu bois ham bu boradagi ishlarga aynan uning o‘zi bosh-qosh bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!