"Andijon" Qirg‘iziston terma jamoasining yana bir a’zosini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rayotan “Andijon” Superliganing qolgan jamoalari singari o‘z safiga mahoratli futbolchilarni qo‘shib olmoqda.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda Qirg‘isizton terma jamoasi safida yaqindagina nihoyasiga etgan BAAdagi Osiyo kubogida ishtirok etgan yarim himoyachi Tursunali Rustamov ertaga “burgutlar” safiga kelib qo‘shiladi. Agar 31 yoshli futbolchi murabbiylarda iliq taassurot qoldirsa, u yangi yangi mavsumni aynan andijonliklar safida o‘tkazishi mumkin.
Ta’kidlash kerakki Tursunali Rustamov Osiyo kubogining 1/8 finalida mezbon BAA terma jamoasiga qarshi o‘yinda gol urishga erishgan edi.
Eslatib o‘tamiz, “Andijon” bundan avvalroq Qirg‘iziston terma jamoasining boshqa bir a’zosi Axlidin Isroilov bilan kelishuvga erishilgani haqida e’lon qilgan edi.



Fikrlar