"Andijon" safiga yangi futbolchilar kelib qo‘shilishda davom etmoqda
Chempionat startiga qadar tarkibni yanada kuchaytirishga xarakat qilayotgan «Andijon» selektsiya ishlarini bir zum ham to‘xtatmayapti. Tarkibga kuni-kecha ikki nafar yangi o‘yinchi kelib qo‘shildi. Ularning biri darvozabon Abdukarim Muhamedovdir. Xuquqiy jihatdan «Bunyodkor» a’zosi bo‘lgan iqtidorli posbon kecha jamoa qarorgohiga etib keldi va mashg‘ulotlarga qo‘shildi. Muhamedov 1994 yilda tavallud topgan. Bungacha asosan yoshlar va birinchi liga musobaqasida xarakat qilgan. Bo‘ydor bo‘lgan Abdukarim endilikda «Andijon» murabbiylarida iliq taassurot qoldirish uchun mashg‘ulotlarda astoydil ishlamoqda.
Undan tashqari kuni-kecha jamoamiz safiga hujumkor yarim himoyachi Shahzodbek Karimov ham kelib qo‘shildi. 1992 yilda tug‘ilgan ushbu futbolchi mavsum-2016ni Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamoasida o‘tkazgan.
Ayni damda har ikki futbolchi ham ko‘rikda ekanligini aytib o‘tish lozim. Agarda ularning xatti-xarakatlari murabbiylarga ma’qul kelsa, shartnoma imzolanadi.

Fikrlar