Andrea Petkovich "Rolan Garros"da Simona Xalep bilan o‘ynashi mumkin

Germaniyalik tennischi Andrea Petkovich Parijda o‘tayotgan "Rolan Garros" musobaqasining ikkinchi davrasida g‘alaba qozondi.

U turnirning ushbu bosqichida amerikalik Betani Mattek-Sendsni dastlabki setda 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, ikkinchi setda tay-brekda zafar quchdi.

Endi u musobaqaning uchinchi davrasida ruminiyalik Simona Xalep, yoki amerikalik Teylor Taunsendga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!