
Angliya kubogi. MYu "Arsenal" maydonida ishonchli g‘alabaga erishdi
"Manchester Yunayted" bu bosqichda "Arsenal"ga qarshi bahs olib bordi va 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Londondagi "Emireyts" stadionida kechgan uchrashuvda hisob 31-daqiqada Aleksis Sanches tomonidan kiritildi. Oradan ikki daqiqa o‘tib Lingard hisobni oshirdi.
Birinchi bo‘lim so‘nggida Per-Emerik Obameyang Romero darvozasini ishg‘ol etdi. 82-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Antoni Marsyal yakuniy golni kiritdi - 3:1.
Shuningdek "Bristol Siti" o‘z uyida "Bolton"dan 2:1 hisobida ustun keldi. Shu tariqa "Manchester Yunayted" va "Bristol Siti" musobaqadagi yurishini davom ettiradigan bo‘ldi.
Fikrlar