Angliya terma jamoasi sobiq darvozaboni "Uotford" bilan shartnoma imzoladi
“Vest Bromvich” klubi darvozaboni Ben Foster yangi mavsumni “Uotford” safida boshlaydigan bo‘ldi.
Xabarlarga qaraganda 35 yoshli angliyalik posbon yangi jamoasi bilan 2 yillik kelishuvga imzo chekkan.
Eslatib o‘tish lozimki, Foster uchun “Uotford” klubi begona emas. Boisi, u 2005-2007 yillarda ham aynan mana shu jamoa sharafini himoya qilgan.
Fikrlar