Antidoping masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

  • 26 fevral, 2019, 17:07
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi (UzNADA) tashabbusi bilan antidoping masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Tecno

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, Tokiodagi XXXII Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik doirasida o‘tkazilgan seminarda Milliy olimpiya qo‘mitasi vakillari, O‘zbekiston sport federatsiya va assotsiatsiyalaridan tashrif buyurgan mutasaddilar va shifokorlar, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi shifokorlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Seminar davomida sportchilar manfaatini himoya qilish bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi. Sportchi, murabbiy, tibbiy va texnik xodimlarning huquq va majburiyatlari, sportda halollikni ta’minlash masalalari o‘rganildi. Har 5 yilda yangilanib turadigan Butunjahon antidoping kodeksi ko‘rib chiqildi. Shuningdek, seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan mavzular yuzasidan savollar bilan murojaat qilishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!