
Arablar Musani eng ko‘p maosh oluvchi afrikalik futbolchiga aylantirishmoqchi
Nigeriya terma jamoasi hamda “Lester” klublar hujumchisi Ahmad Musaga Saudiya Arabistoni klubidan super taklif bo‘lmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda 25 yoshli futbolchiga “Al-Nasr” klubi jiddiy qiziqib qolgan. Buning uchun arablar “Lester”ga 33 mln evro to‘lashga tayyor. Biroq, hozircha saudiyaliklarning futbolchi bilan shaxsiy kelishuvida nimalar va’da qilinayotgani oshkor etilmayapti.
Biroq, ba’zi ma’lumotlarga qaraganda agar Musa “Al-Nasr”ga ko‘chib o‘tsa, arablar uni eng ko‘p maosh oluvchi afrikalik futbolchiga aylantirishlari mumkin.
Fikrlar