Argentina-2018. 14 yoshli sportchimiz bronza medalini qo‘lga kiritdi

TIGGO 2 PRO

Bugun musobaqa doirasida gimnastika bo‘yicha mikst musobaqalari o‘tkazildi. Quvonarlisi, bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasining eng yosh sportchisi Indira O‘lmasova (14 yosh) ham ishtirok etdi va bronza medali sohibasiga aylandi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Bahslarda jahon gimnastikasi afsonalari sharafiga nomlangan jamoalar ishtirok etishdi. E’tiborlisi, Indira O‘lmasova qur’a natijalariga ko‘ra o‘zbekistonlik afsona – Oksana Chusovitina sharafiga nom olgan jamoa safida bellashuvlarda qatnashdi. Ushbu bahslarda sportchilar aralash juftlik, trampolin, badiiy gimnastika, sport gimnastikasi bo‘yicha kurash olib borishdi. Indira bilan birgalikda «Oksana Chusovitina» jamoasi safida AQSh, Buyuk Britaniya, Misr, Gvatemala, Shvetsiya, Avstraliya, Yaponiya, Germaniya, Argentina hamda Gretsiyadan tashrif buyurgan sportchilar ishtirok etishdi. Indira musobaqa davomida tayanib sakrash, brus, xodadagi va erkin mashqlar bo‘yicha chiqish qildi.

Musobaqada birinchi o‘rinni «Simona Baylz» jamoasi egalladi. Ikkinchi o‘rindan «Maks Uitlok» jamoasi vakillari joy olishdi. «Oksana Chusovitina» jamoasi esa kuchli uchlikka yakun yasab berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!