
Arsen Venger: “Atletiko”ni tabriklayman
“Arsenal” bosh murabbiyi Arsen Venger “Atletiko”ga qarshi kechgan (0:1) Evropa Ligasi yarim final javob o‘yinidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Madrid klubi ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (2:1) musobaqa finaliga chiqdi.
“O‘yin yuqori tempda o‘tdi, yigitlarim barcha kuchini sarfladi. “Atletiko”ni muvaffaqiyat bilan tabriylayman. O‘ylaymanki, aynan ular Evropa ligasi g‘olibi bo‘ladi.
Bugun biga hujumlarimizni yakunlashda nimadir etishmadi. Har ikki o‘yinda yaratilgan vaziyatlarni inobatga olsak, ko‘pini ko‘kka sovurdik va bundan xafamiz. Barchasini birinchi o‘yinda hal qilish lozim edi”, – dedi frantsiyalik mutaxassis.
Fikrlar