Shavkat Mirziyoev: "Umrini paxta dalasida o‘tkazgan bolalar endi Jahon chempionatiga chiqdi"

  • 30.06.2025 13:26
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev butun yurtimiz yoshlarini qutlug‘ ayyom – Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoamizning Jahon chempionatiga chiqqanini ham eslab o‘tdi.

"Yaqinda butun yurtimizda barchamiz uzoq kutgan katta futbol bayrami bo‘lib o‘tdi. Xalqimizning 34 yillik orzusi ushaldi – milliy terma jamoamiz tarixda ilk bor Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Yaqin-aqingacha umrini paxta dalasida o‘tkazgan oddiy oila farzandlari ilmda, sportda, boshqa sohalarda bunday yuksak marralarni egallashini tasavvur qilish ham qiyin edi. 
  
Biz yoshlarimiz uchun sharoit yaratdik, ular bundan unumli foydalanib, baland cho‘qqilarni zabt etmoqda", - dedi davlatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoev.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!