
Arsen Venger London klubini boshqarishni istamadi
Frantsiyalik mashhur mutaxassis Arsen Venger Londonning "Fulxem" klubidan bo‘lgan taklifni rad etdi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra “Arsenal”ning sobiq bosh murabbiyi Angliya premer-ligasida ortiq ishlashni istamayapti. Shu bois "Fulxem" ayni damda Klaudio Raneri nomzodiga to‘xtalgan.
Eslatib o‘tamiz, 69 yoshli Venger “kanonirlar”ga naqd 22 yil ustozlik qildi. Uning so‘nggi ish joyi ham “Arsenal” klubi bo‘lgan edi.
Fikrlar