
"Arsenal" Frantsiya terma jamoasi a’zosi bilan muzokaralar olib bormoqda
Londonning "Arsenal" klubi "Sevilya" yarim himoyachisi Stiven Nzonzi bilan muzokaralar olib bormoqda.
Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli Frantsiya terma jamoasi a’zosining xizmatlariga shaxsan “kanonirlar” ustozi Unai Emeri qiziqish bildirmoqda. Ta’kidlash kerakki, Emeri andalusiyaliklarni boshqargan paytda Nzonzi ham uning qo‘l ostida to‘p surgan va ular o‘zaro yaxshi tanish hisoblanishadi.
Ma’lumot uchun, Nzonzining shartnomasiga ko‘ra uning tovon puli 40 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar