
"Arsenal" Lyakazett uchun "Lion"ga qancha to‘lashi ma’lum bo‘ldi
“Lion” hujumchisi Aleksandr Lyakazett faoliyatini Londonning “Arsenal” klubida davom ettiradigan bo‘ldi.
Tomonlar 26 yoshli Frantsiya terma jamoasi a’zosining transferi bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqin turishibdi. Téléfoot nashrining ma’lum qilishicha, “kanonirlar” ushbu transfer uchun “Lion”ga jami 53 mln evro to‘laydi.
Tarqatilgan xabarlarga qaraganda ertaga Lyakazett “Arsenal” bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Eslatib o‘tamiz, Lyakazett yakunlangan mavsum Frantsiya chempionatida 30 uchrashuv o‘tkazib, 28 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar