“Arsenal” ertaga o‘zining navbatdagi transferini e’lon qiladi
Leverkuzenning “Bayer” klubi posboni Bernd Leno faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Sport Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Londonning “Arsenal” klubi ertaga 26 yoshli germaniyalik posbon bilan shartnoma imzolagani haqida rasman e’lon qiladi.
Ma’lumot uchun, Leno yakunlangan mavsum “Bayer” safida Bundesligada jami 33ta bahsda ishtirok etgan va o‘z darvozasidan 40ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

Fikrlar