“Arsenal”ning qimmatbaho sotuvlari

CHERY AUTO

O‘tgan safar siz aziz muxlislarni “PSJ”, “Tottenxem” va “Manchester Siti” jamoalari tarixidagi eng qimmatbaho sotuvlar bilan tanishtirgan edik. Bugun, mazkur turkumdan o‘rin olgan navbatdagi jamoa bilan sizlarni tanishtiramiz. Demak, “Arsenal”ning qimmatbaho sotuvlari.

Tecno

5. Nikolya Anelka – 23,5 mln funt

“PSJ” akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan 17 yoshli Anelkani Arsen Venger  1997 yilda o‘z jamoasiga taklif etadi. Uch mavsum “Xayberi”da to‘p surgan fransiyalik yosh iqtidor egasi Angliyada qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan deyarli barcha jamoaviy sovrinlarni qo‘lga kiritishga erishdai. 20 yoshli Anelka uchun esa “Real” salkam 24 mln funtni ayashmaydi.

4. Samir Nasri – 24 mln

14 mln funt evaziga “Marsel”dan xarid qilingan Nasri “Arsenal”da xuddi Anelka singari 3 mavsum to‘p suradi. “To‘pchilar” safida 125 ta bahsda maydonga tushgan frantsuzni 24 mln(ayrim manbalarda 25 mln, muallif) funt evaziga “Manchester Siti”ga pullashadi. Nasri dastavval, “shaharliklar”ning hujumdagi asosiy figurasiga aylanadi. Ammo, Samirning boshqa frantsuz futbolchilari singari o‘ziga xos bo‘lgan xarakteri unga ko‘p bora pand beradi va ayni shu tufayli ham Nasri ushbu mavsumni ijara asosida “Sevilya”da o‘tkazmoqda.

2-3. Emannuel Adebayor – 25 mln

Emannuel 3 mln funt evaziga “Arsenal”ga taklif etiladi. “Emireyts”da 4 yil to‘p surgan togolik hujumchi jamoa safida 142 o‘yinda ishtirok etgan bo‘lib, raqiblar darvozasini 62 bor gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan. 2009 yilda esa “shaharliklar” Adebayorni ham “yo‘ldan urishadi” va Emannuelni 25 mln funt evaziga “Manchester Siti”ga transfer qilishadi.

2-3. Mark Overmars – 25 mln

Overmars 1997–200 yillarda “Arsenal”da to‘p suradi. Bu vaqt oralig‘ida 141 o‘yinda ishtirok etgan gollandiyalik vinger 40 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ladi. 2000 yil yozida esa “Barselona” klubi “Arsenal”da APL, Angliya kubogi va liga kubogini qo‘lga kiritgan Overmarsni 25 mln funt evaziga o‘z safiga qo‘shib oladi.

1. Frantsesk Fabregas – 29,8 mln

2003 yili “Barselona” akademiyasidan etishib chiqqan Fabregasni o‘z jamoasiga taklif etgan Arsen Vengerning  butun faoliyati davomidagi eng yaxshi qarorlaridan biri aynan shu bo‘lsa, ajab emas. “To‘pchilar” safida 8 yil to‘p surgan ispaniyalik yarim himoyachi jamoa safida 300 dan ziyod o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan va buncha o‘yinda 57 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etishga erishgan. 2011 yilda esa “Barselona” o‘z tarbiyalanuvchisini ortga qaytarish uchun salkam 30 mln funt sarf etadi. Shunga aytishsalar kerakda, “Oldingdan oqqan suvning – qadri yo‘q” deb.

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!