
Arveladze Odemvingega o‘zbekistonlik futbolchilarning orzusi sovrin emas, balki mashina va uy ekanini aytdi
Asli o‘zbekistonda tavallud topgan va faoliyati davomida “Vest Bromvich”, “Stok Siti”, va “Kardiff Siti” kabi APL klublarida to‘p surgan hujumchi Piter Odemvinge rossiyaning mashhur championat.com saytiga intervyu berdi. E’tiborlisi, Nigeriya terma jamoasi sobiq a’zosi yurtimizdagi yosh futbolchilarning orzusi buyuk g‘alabalar emas, balki uy, mashina va mo‘may daromad ekanligini aytib o‘tdi.
"O‘tgan yil oktyabrda “Paxtakor”ni boshqarayotgan Shota Arveladze bilan gaplashdim. O‘shanda u menga yosh futbolchilar nimani xohlashlarini aytib berdi: "Yosh futbolchilardan "Hayotda nimaga erishishni istaysan", deb so‘rasam, avtomobil, deb aytishadi". Misol uchun men yoshligimda nimani orzu qilasan deyishsa, "Milan"da o‘ynashni", deb javob berardim. To‘g‘ri, biz yotoqxonalarda yashagan SSSR odamlarimiz va kvartira biz uchun eng zo‘r narsalardan biri bo‘lgandir. Hozirgi yosh futbochilarga uy, mashina hayotdagi eng asosiy maqsadga aylanib qolgan. Ajoyib mashina sotib olish Chempionlar Ligasida g‘olib chiqishdek yoqimli bo‘lmaydi. Yaxshiyamki men bunday bo‘lganman", - deydi Piter.
Eslatib o‘tamiz, Odemvinge Rossiya va Nigeriya fuqarosi hisoblanadi. U 1981 yil Toshkentda tug‘ilgan.
Fikrlar