Ashxobod-2017. Futzalchilarimiz Eronga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

CHERY AUTO

Bugun futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi "Ashxobod-2017" Osiyo o‘yinlarida final o‘yinini o‘tkazdi. Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamizning finaldagi raqibi Eron terma jamoasi bo‘ldi.

Tecno

Ushbu o‘yinda eronliklar O‘zbekiston terma jamoasi darvozasini 7 bor ishg‘ol etishdi. Yigitlarimiz esa bunga faqatgina bir bor javob qaytara olishdi xolos.

Shu tariqa, futzalchilarimiz, termamiz hisobiga kumush medalni qo‘shib qo‘yishdi.

“Ashxobod-2017”

Futzal. Final. 26.09.2017

Eron – O‘zbekiston 7:1

Gollar: M. Javid(4, 10, 32, 36), A. Xasanzoda(22, 38), D. Axmadizadaj(32) – Davron Choriev(29)

Eron (birinchi beshlik): Alirizo Samimi, Xamid Axmadidazaj, Ali Askar Xasanzoda, Axmad Ismoilpur, Maxdi Javid.

Zaxira:  Sepexr Muxammadi, Muxammad Shajari, Alirizo Rafiepur, Abulkosim Orouji, Said Axmad Abbosi, Xusayn Toyibi, Muslim Oladkubad, Farxod Tavakoli, Muxammadrizo Sangsefidi.

O‘zbekiston (birinchi beshlik): 12.Akmal Xazratqulov, 8.Farxod Abdumavlanov, 11.Artur Yunusov, 13.Xusniddin Nishanov, 14.Konstantin Sviridov.

Zaxira: 1.Rustam Umarov, 2.Anasxon Raxmatov, 3.Mashrab Odilov, 4.Feruz Faxriddinov, 5.Timur Sadirov, 6.Ilxomjon Xamraev, 7.Dilshod Raxmatov, 9.Davron Abduraxmonov, 10.Davron Choriev.

Ogohlantirishlar: Artur Yunusov(8), Konstantin Sviridov(31)

Yigitlarimizni tabriklaymiz!

photo_2017-09-26_21-11-41

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!