"Ashxobod-2017". O‘zbekiston futzal terma jamoasi bugun Maldiv bilan o‘ynaydi
Turkmaniston poytaxti Ashxobodda Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari davom etmoqda.
Hisob bo‘yicha beshinchi musobaqada futzal bellashuvlariga ham start berilgan. Bugun O‘zbekiston terma jamoasi o‘zining ikkinchi bellashuvini Maldivga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00da start oladi. Bu haqda UFA rasmiy sayti xabar bermoqda.
"Ashxobod-2017"
Futzal
3-tur, 19.09.2017
"B" guruhi
19:00. O‘zbekiston - Maldiv
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligidagi terma jamoamiz kecha BAA terma jamoasini yirik hisobda mag‘lub etgan edi.

Fikrlar